Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya qo‘shinlari Donbassdagi Lisovkani ozod qildi

“Markaz” kuchlar guruhi bo‘linmalarining qat’iy harakatlari natijasida Donesk Xalq Respublikasidagi Lisovka aholi punkti ozod qilindi.
Sputnik
TOShKENT, 6-may — Sputnik. Rossiyaning "Markaz" guruhi DXRdagi Lisovka aholi punktini ozod qildi. Bu haqda mamlakat Mudofaa vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, “Markaz” kuchlar guruhi bo‘linmalarining qat’iy harakatlari natijasida Donesk Xalq Respublikasidagi Lisovka aholi punkti ozod qilindi.
Bundan tashqari, Ukraina Qurolli kuchlarining uchta mexanizatsiyalashgan va ikkita hujum brigadasi, Donesk Xalq Respublikasining Muravka, Dimitrov, Mirolyubovka, Zverevo, Novosergeyevka va Alekseyevka hududlarida piyodalar brigadalari va Milliy gvardiya brigadalari mag‘lubiyatga uchratildi.
Dushman 425 nafardan ortiq askari, bir tanki, beshta zirhli jangovar mashinasi, 11 ta texnikasi va uchta dala artilleriyasini, jumladan, Britaniyada ishlab chiqarilgan "155 mm Braveheart" va Fransiyada ishlab chiqarilgan 155 mm "Caesar" o‘ziyurar qurolini yo‘qotdi.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rus qo‘shinlari DXRda Bogdanovka qishlog‘ini ozod qildi