TOShKENT, 5-may — Sputnik. O‘zbekistonlik og‘ir atletikachilar Peruda o‘tayotgan og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida dastlabki oltin medallarni qo‘lga kiritishdi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.
O‘smirlar o‘rtasida kechgan bellashuvlarda Mohinur Esonboyeva (+81 kg) hamda Alisher Osmanov (-102 kg) 3 ta oltin medalga sazovor bo‘lishdi.
Tajeloatleti zavoyevali pervie zolotie medali na chempionate mira v Peru
© NOK
“Esonboyeva siltab ko‘tarish va ikki kurash, Osmanov esa dast ko‘tarish mashqida tengsiz ekanliklarini ko‘rsatishdi”, — deyiladi xabarda.
Natijalar:
Oltin medal: +81 kg: Mohinur Esonboyeva (o‘smirlar, siltab ko‘tarish), +81 kg: Mohinur Esonboyeva (o‘smirlar, ikki kurash), -102 kg: Alisher Osmanov (o‘smirlar, dast ko‘tarish).
Kumush medal: +81 kg: Mohinur Esonboyeva (o‘smirlar, dast ko‘tarish), -102 kg: Alisher Osmanov (o‘smirlar, siltab ko‘tarish), -102 kg: Alisher Osmanov (o‘smirlar, ikki kurash).