Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alabaning 80-yilligi

“Shon-sharaf” davlat muzeyiga yangi ekspozitsiyalar joylashtiriladi

“G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi va “Shon-sharaf” davlat muzeyiga kirish vaqtinchalik to‘xtatildi.
Sputnik
TOShKENT, 4-may — Sputnik. “Shon-sharaf” davlat muzeyiga yangi ekspozitsiyalarni joylashtiriladi, deya xabar berdi majmua ma’muriyati.
Qayd etilishicha, poytaxtning Olmazor tumanida joylashgan “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasida Xotira va qadrlash kuniga munosib tayyorgarlik ko‘rish maqsadida uning tarkibidagi “Shon-sharaf” davlat muzeyiga yangi ekspozitsiyalarni joylashtirish hamda majmua hududida tozalash va dizinfeksiya ishlari olib borilishi rejalashtirilgan.

“Shu munosabat bilan 6 – 8-may kunlari “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi va uning tarkibidagi “Shon-sharaf” davlat muzeyiga kirish tashrif buyuruvchilar uchun vaqtinchalik to‘xtatilishini ma’lum qilamiz”, — deyilgan xabarda.

Mudofaa vazirligi huzuridagi “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi maʻmuriyati
Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alabaning 80-yilligi
Toshkentda G‘alabaning 80-yilligiga bag‘ishlangan yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tadi