Og‘ir atletika: o‘zbekistonlik sportchilar JChda kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritishdi

Limada o‘tayotgan og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatining navbatdagi kunida ikki nafar o‘zbekistonlik sportchi sovrindorlar qatoridan joy olishdi.
Sputnik
TOShKENT, 4-may — Sputnik. O‘zbekistonlik sportchilar Peruda o‘tayotgan og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatida kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritishdi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.
Lima shahrida o‘tayotgan og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatining navbatdagi kunida ikki nafar o‘zbekistonlik sportchi sovrindorlar qatoridan joy olishdi.
“Murosasiz bellashuvlarda Muhsinbek Davletov hamda Dilnura Xoldorova shohsupaga ko‘tarildilar”, — deyiladi xabarda.
G‘oliblar:
Kumush medal: -89 kg: Muhsinbek Davletov (siltab ko‘tarish, o‘smirlar), -89 kg: Muhsinbek Davletov (ikki kurash, o‘smirlar).
Bronza medal: -71 kg: Dilnura Xoldorova (dast ko‘tarish, o‘smirlar).