Rostov viloyati O‘zbekistondan hamshiralarni jalb qilishni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston bosh konsulxonasi diplomatlari Rostov viloyati gubernatorining yangi tayinlangan birinchi o‘rinbosari bilan muzokara o‘tkazishdi.
Sputnik
TOShKENT, 30 apr — Sputnik. O‘zbekistonlik hamshiralarni Rostov viloyatidagi tibbiyot muassasalariga jalb etish taklif etildi, deya xabar berdi "Dunyo" AA.
O‘zbekiston bosh konsulxonasi diplomatlari Rostov viloyati gubernatorining yangi tayinlangan birinchi o‘rinbosari Aleksey Gospodarov bilan muzokara o‘tkazishdi.
Muloqotda mehnat migratsiyasi sohasida qo‘shma loyiha va dasturlarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Qayd etilishicha, hozirda Rostov viloyati sog‘liqni saqlash muassasalarida tibbiyot xodimlari, xususan hamshiralar yetishmaydi. Shu munosabat bilan rus tilini biladigan mutaxassislarni O‘zbekistondan jalb etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish taklif etildi.
Shuningdek, tomonlar turizm sohasidagi hamkorlikka alohida e’tibor qaratishdi.
O‘zaro manfaatli turpaketlarni ishlab chiqish maqsadida ikki mamlakat hududlaridagi sayyohlik agentliklari va tegishli davlat tashkilotlari vakillarining uchrashuvlarini davom ettirish taklif etildi.
Gospodarov O‘zbekiston hududlari bilan hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdorligini ta’kidladi. U sanoat, qishloq xo‘jaligi va turizm sohasida loyihalarni birgalikda amalga oshirish bo‘yicha takliflarni qo‘llab-quvvatladi.
O‘zbekiston va Rossiya fuqarolar huquqlarini nazorat qilishni kuchaytiradi