“Biz ko‘rgazmada besh yildan beri ishtirok etmoqdamiz. Mazkur tadbir an’anaviy tarzda korxonalarimiz va oliy o‘quv yurtlarimizda katta qiziqish uyg‘otadi. Bu yil biz 34 ta korxona va yetakchi oliygohlardan biri — Ural federal universitetini olib keldik. Bu bejiz emas: adashmasam, birgina Yekaterinburgdagi UrFUda O‘zbekistondan kamida 1200 nafar talaba tahsil olmoqda. Bizning stendimizda asosan yuqori texnologiyali, o‘zbek hamkorlari bilan hamkorlik qilishga qiziqish bildirgan 10 ta korxona taqdim etilgan”, - dedi Dmitriy Ionin.
“Bu jarayonga O‘zbekistonning faol rivojlanishi ham hissa qo‘shmoqda. Shaxsan men uchun bu mamlakat allaqachon yaqin bo‘lishga ulgurgan — xorijga chiqish pasportimdagi so‘nggi sakkizta muhr aynan O‘zbekistonga safarlar bilan bog‘liq. Men uning aholisining mehmondo‘stligi va mehnatsevarligiga chin dildan qoyil qolaman. O‘zbekiston Sverdlovsk viloyati uchun ishonchli hamkor bo‘lib, faol tashqi savdomiz bo‘lgan beshta davlat qatoriga kiradi”, - deya qayd etdi Sverdlovsk viloyati gubernatori o‘rinbosari.
“O‘zbekistondan import qilinadigan mahsulotlar – sabzavot va mevalar hajmi barqaror o‘sib bormoqda. Bu mahsulotlar Sverdlovsk viloyatining barcha savdo tarmoqlarida mavjud va ularga talab yuqori, — dedi Dmitriy Ionin. Turizmni rivojlantirish uchun salohiyat bor. Sverdlovsk viloyatining ko‘plab aholisi O‘zbekistonga tez-tez safar qiladi. Biz uchun yoqimli tomoni — O‘zbekiston aholisi ham dam olish uchun Sverdlovsk viloyatini tanlayapti".
"Bu mahsulotlar Sverdlovsk viloyatining barcha savdo tarmoqlarida mavjud va katta talabga ega. Mahsulot oqimi o‘smoqda va bu bizning hududlarimiz o‘rtasidagi yaqin savdo aloqalarini tasdiqlaydi. Bundan tashqari, delegatsiyamiz tarkibiga kirgan korxonalarning yarmidan ko‘pi O‘zbekistonda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish tajribasiga ega yoki uskunalar yetkazib beruvchi hamkorlar hisoblanadi", - deya qo‘shimcha qildi Ionin.