TOShKENT, 28 apr — Sputnik. Agar kerak bo‘lsa, Rossiya ham kelishuvga muvofiq KXDRga harbiy yordam ko‘rsatishi mumkin. Bu haqda prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlarga ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
“Bizda amaldagi kelishuv bor va bu kelishuvga ko‘ra tomonlar, agar kerak bo‘lsa, bir-biriga zudlik bilan yordam ko‘rsatish majburiyatini olgan”, — dedi Kreml vakili.
Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Kursk viloyatini ozod qilish bo‘yicha operatsiyada koreyalik askarlarning ishtiroki bu kelishuv qanchalik samarali faoliyat ko‘rsatayotganini namoyon etdi.