TOShKENT, 27 apr — Sputnik. Tatariston raisi Rustam Minnixanov O‘zbekistonga amaliy tashrif bilan keldi, deya xabar berdi rais matbuot xizmati.
Toshkentda 28-30 aprel kunlari “INNOPROM.Markaziy Osiyo” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Mazkur ko‘rgazmada ishtirok etish maqsadida Tatariston raisi O‘zbekistonda amaliy tashrif bilan bo‘lib turibdi.
“Tashrifdan asosiy maqsad – “INNOPROM. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasida ishtirok etish”, — deyiladi xabarda.
Aytilishicha, forum arafasida Tatariston raisi Buxoro, Navoiy va Toshkentdagi bir qator obyektlargatashrif buyuradi.