Toshkentdagi Rus uyida “G‘alaba diktanti” bo‘lib o‘tdi. Xalqaro tarixiy aksiyada 100 dan ortiq kishi ishtirok etdi.
Shuningdek, aksiya Rossiya oliy o‘quv yurtlari filiallari va Qarshi shahridagi 15-umumta’lim maktabida ham o‘tkazildi.
O‘zbekiston bo‘ylab 600 dan ortiq kishi oflayn rejimda ishtirok etdi. Shuningdek, onlayn rejimda ham “G‘alaba diktanti” savollariga javob berish mumkin bo‘ldi.
Rossotrudnichestvoning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Irina Staroselskayaning ta’kidlashicha, bu tadbirda yildan yilga ko‘proq yoshlar ishtirok etmoqda.
Diktant test shaklida o‘tkazildi. Topshiriq 25 ta savoldan iborat bo‘lib, ularning 20 tasi Ulug‘ Vatan urushining asosiy voqealari, sanalar va qahramonlar taqdiri haqidagi umumiy tarixiy savollar, 5 tasi o‘zbekistonlik qahramonlar haqida bo‘ldi.
Diktant natijalari bilan diktantpobedi.rf saytida maxsus kod orqali tanishish mumkin.
Toshkentdagi Rus uyida “G‘alaba diktanti” qanday o‘tgani haqida Sputnik O‘zbekiston videosida tanishing.