TOShKENT, 26 apr — Sputnik. Bishkekda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) energetika va infratuzilma vaziri Arzibek Kojoshev va Qirg‘iziston iqtisodiyot va savdo vaziri Bakit Sidikov o‘rtasida ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda YeIK matbuot xizmati xabar berdi.
Muzokaralar davomida tomonlar Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) da transport va energetika sohasidagi integratsiyani rivojlantirishning dolzarb masalalarini muhokama qildilar. Yevroosiyo transport koridorlarini rivojlantirish, raqamli texnologiyalarni joriy etish va umumiy energiya resurslari bozorlarini yaratish muhimligi qayd etildi.
“Uzluksiz jarayonlar va uzluksiz tashishni ta’minlash, ularning xavfsizligini oshirish, transport vositalarining ishlamay turish vaqtini qisqartirish va boshqaruv faoliyatini avtomatlashtirishning obyektiv zarurati bozor ishtirokchilarini intellektual transport tizimlarini faol joriy etishga undaydi”, — dedi Arzibek Kojoshev.