Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rus qo‘shinlari DXRda Bogdanovka qishlog‘ini ozod qildi

“Markaz” kuchlar guruhi Doneskdagi Bogdanovka aholi punkti ozod qildi.
Sputnik
TOShKENT, 24 apr — Sputnik. Rossiya qo‘shinlari Donbassdagi Bogdanovka qishlog‘ini o‘z nazoratiga oldi, deb xabar berdi mamlakat Mudofaa vazirligi.
Qayd etilishicha, “Markaz” kuchlar guruhi bo‘linmalarining faol harakatlari natijasida Donesk Xalq Respublikasidagi Bogdanovka aholi punkti ozod qilindi.
Bundan tashqari, Markaz jangchilari DXRdagi Novaya Poltavka, Lisovka, Vodanskoe, Udachnoe, shuningdek, Dneprdagi Mejevoy va Novopodgorodnoyeda og‘ir mexanizatsiyalashgan brigadani, ikkita mexanizatsiyalashgan brigadani, hujumchi va aeromobil brigadasini, Ukraina Qurolli kuchlarining uchuvchisiz tizimlar brigadasini va Ukraina Milliy gvardiyasi brigadasini mag‘lub etishdi.
So‘nggi 24 soat ichida dushman quyidagilarni yo‘qotdi: 410 nafarga yaqin askar, jangovar zirhli transport vositasi, oltita mashina, ikkita artilleriya quroli.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya Qurolli kuchlari o‘tgan haftada 4 ta aholi punktini ozod qildi