Bunday bayram aksiyasini o‘tkazish g‘oyasi Andreyda yetti yil oldin paydo bo‘lgan. Uni "Pobeda"larda Markaziy Osiyo bo‘ylab, jumladan, O‘zbekistonga tashrif buyurgan yugralik avtomobil ishqibozlari hayratga solgan edi.
Dastlab sayohat G‘alabaning 75-yilligiga mo‘ljallangan edi va reja bo‘yicha Volgogradgacha yetib borib, u yerdagi faxriylarga hurmat bajo keltirish edi. Ammo keyin koronavirus pandemiyasi tufayli chegaralar yopilishi mamlakatdan chiqishga to‘sqinlik qildi. Biroq Andreyning o‘zi tan olganidek, bu vaqt unga mashinani iloji boricha yaxshilashga imkon berdi.
Mashinani safarga tayyorlash uchun uch yil vaqt ketdi. Butun jamoa Andreyni sayohatga tayyorladi: oilasi, qarindoshlari va do‘stlari. Hatto qo‘shnilari ham uni moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatladi.
Bayram sayohatiga Andrey mexanik Timur Dolimboyev bilan chiqdi. Ularning yo‘nalishi Qizilo‘rda, Boyqo‘ng‘ir va Aralsk orqali Uralsk va Saratovga, so‘ngra Volgogradga boradi. U yerda Andrey brestlik ishqibozlar bilan uchrashishni rejalashtirmoqda. Ular "Pobeda" va "GAZ"larda Volgograd orqali Sevastopolga yo‘l olishmoqda. Keyin Andrey yoki ularga qo‘shiladi, yoki G‘alaba kunida Moskvaga boradi.
Batafsil – Sputnik O‘zbekiston videosida.