Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alabaning 80-yilligi

Moskvaga velosipedda yo‘lga chiqqan Xursand Sherovga Qozog‘iston fuqarolari ham qo‘shildi

Ishqibozlar Uralskdan Rossiya shaharlariga yo‘l olishni rejalashtirmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 16 apr — Sputnik. Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alabaning 80-yilligi munosabati bilan Toshkentdan Moskvaga velosipedda yo‘lga chiqqan o‘zbek opera xonandasi Xursand Sherovga Qozog‘istonning ikki nafar fuqarosi ham qo‘shildi. Bu haqda Rossiyaning Uralskdagi bosh konsulligi xabar berdi.
Rossiyaning Uralskdagi bosh konsuli Aleksey Grubiy va Uralskdagi Rus uyi rahbari Konstantin Pogorelskiy Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alabaning 80-yilligi munosabati bilan Toshkentdan Moskvaga velosipedda yo‘lga chiqqan o‘zbek opera xonandasi Xursand Sherov bilan uchrashdi.
Generalniy konsul Rossii v Uralske Aleksey Grubiy i vitse-konsul, rukovoditel Russkogo doma v Uralske Konstantin Pogorelskiy vstretilis s uchastnikami veloprobega
Qayd etilishicha, Qozog‘istonda u bilan birga 70 yoshga to‘lgan mahalliy velopoygachilar Kayrat Irgizboyev va Jumabay Utargaliyev ham qo‘shildi.

“Qozog‘istonning keng hududlarini janubdan shimolga kesib o‘tib, ishqibozlar Uralskdan Rossiya shaharlariga sayohat qilishni rejalashtirmoqda: Orenburg, Samara, Ulyanovsk, Penza, Razan, Tver, Volokolamsk. Ular yurishni 9-may kuni Moskvada yakunlaydi”, — deyiladi xabarda.

Generalniy konsul Rossii v Uralske Aleksey Grubiy i vitse-konsul, rukovoditel Russkogo doma v Uralske Konstantin Pogorelskiy vstretilis s uchastnikami veloprobega
Tadbirdan ko‘zlangan maqsad qahramonlar xotirasini abadiylashtirish, faxriylarga hurmat bajo keltirish, ularga esdalik sovg‘alarini topshirish, yoshlarni tarixiy xotirani asrab-avaylashga undashdan iborat.
Eslatib o‘tamiz, taniqli xonanda va velosipedchi Xursand Sherov Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alabaning 80-yilligi, mustahkam do‘stlik va Markaziy Osiyo xalqlarining fashizmga qarshi kurashga qo‘shgan hissasi sharafiga O‘zbekiston, Qozog‘iston va Rossiya hududlarini kesib o‘tib, 3,8 ming kilometr masofani bosib o‘tishni rejalashtirgan.
Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alabaning 80-yilligi
G‘alabaning 80-yilligi: o‘zbekistonlik xonanda Toshkentdan Moskvaga velosipedda yo‘l olmoqchi