“Ermitajning laboratoriyalarni tashkil etishda yuz yildan ortiq tajribasi bor. Menimcha, bularning barchasi aynan O‘zbekistonda bo‘lishi juda muhim. Taklif etilgan restavratorlar bo‘lgan, ammo bu borada o‘z mutaxassislari bo‘lishi muhimroq. Biz laboratoriyaning tuzilishini biroz o‘zgartirishni taklif qildik, chunki restavratsiya bo‘limining asosiy qismi tadqiqot bo‘limi bo‘lishini rejalashtirmoqdamiz. Bu laboratoriyada fiziklar, kimogarlar, iqlimshunos va mikrobiologlar faoliyat yuritadi”, — dedi Malkiyel.
“O‘zbekistonda mavjud deyarli barcha materiallar ustida ish olib boriladi. Jumladan, gilam va matolar, kitob va qo‘lozmalar, tosh va haykallar, metall va tangalar hamda boshqa ko‘plab yo‘nalishlardagi ashyolar restavratsiya qilinadi. Biz yo‘l xaritasini tuzdik va takliflar kiritdik. Endi Islom sivilizatsiyasi markazi tanlovi asosida keyingi harakatlar belgilanadi”, — deya qo‘shimcha qildi Malkiyel.