TOShKENT, 14 apr — Sputnik. O‘zbekiston Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va Islom taraqqiyot banki (ITB) o‘rtasida 40 million dollarlik grant shartnomasi imzolandi. Bu haqda vazir Hilola Umarova o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
Vazirlik vakillari Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida “Human Capability Initiative 2025” xalqaro forumida ishtirok etmoqda. Unda ta’lim, iqtisodiyot, texnologiya sohasidagi muammolar, ularga innovatsion yechimlar topishga qaratilgan masalalar muhokama qilinmoqda.
Islamskiy bank razvitiya videlit Uzbekistanu $40 mln na razvitie sferi obrazovaniya
© Hilola Umarova
“E’tiborlisi, O‘zbekiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida mazkur nufuzli tadbirga taklif etilgan yagona davlat. Forumning ilk kunidayoq O‘zbekiston Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va Islom taraqqiyot banki o‘rtasida 40 million dollarlik grant shartnomasi imzolandi”, — deb yozadi Umarova.
Qayd etilishicha, ITB prezidenti Muhammad al-Jassar kelajak avlod uchun yaxshiroq ta’lim imkoniyatlari yaratishda O‘zbekiston hukumatining ishonchli hamkori bo‘lishdan mamnun.
Uchrashuv natijasida "Global Partnership for Education" (GPE) tomonidan ta’lim sohasiga grant shartnomasi imzolandi.
Loyihaning asosiy yo‘nalishlari:
respublika bo‘yicha 58 ta yangi inklyuziv maktab qurish;
maktablarni zamonaviy jihozlar bilan ta’minlash;
o‘qituvchilar malakasini oshirish bo‘yicha dasturlar;
inklyuziv ta’limni rivojlantirish;
o‘quv dasturlarini takomillashtirish;
maktabgacha ta’lim sifatini oshirish.