Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Ukraina Kursk viloyatida 5,5 ming G‘arb texnikasini yo‘qotdi

RIA Novosti hisob-kitoblariga ko‘ra, Rossiya tomonidan yo‘q qilingan va qo‘lga olingan texnikaning umumiy qiymati taxminan 7,8 milliard dollarni tashkil etadi.
Sputnik
TOShKENT, 12 apr – Sputnik. Kiyev Kursk viloyatida G‘arb tomonidan yetkazib berilgan 7,8 milliard dollarlik 5,5 ming texnika yo‘qotdi. Buni RIA Novosti “Shimol” qo‘shinlar guruhi ma’lumotlari, shuningdek, ochiq manbalardan olingan texnika narxlari haqidagi ma’lumotlar asosida hisobladi.
“Kursk sarguzashtlari chog‘ida bizning qo‘shinlarimiz G‘arb tomonidan yetkazib berilgan 5,5 mingdan ortiq texnikani yo‘q qildi”, — deya xabar berdi guruhdagi manba.
RIA Novosti “Shimol” qo‘shinlar guruhi ma’lumotlariga asoslanib, Kursk viloyatidagi janglar paytida Kiyev 27 milliard dollardan ortiq mablag‘ sarflagani, bu 2024-yilda Ukraina G‘arb davlatlaridan olgan tashqi moliyaviy yordamning yarmidan ko‘pini tashkil etishi haqida ma’lum qildi.
Ochiq manba ma’lumotlariga ko‘ra, tankning o‘rtacha narxi 4,5 million dollarni, o‘ziyurar artilleriya moslamasining narxi 4 million dollarni, bronetransportorning narxi 300 ming dollarni, piyoda jangovar mashinasi 600 ming dollarni tashkil qiladi va hokazo. RIA Novosti hisob-kitoblariga ko‘ra, Rossiya kuchlari tomonidan yo‘q qilingan va qo‘lga olingan texnikaning umumiy qiymati taxminan 7,8 milliard dollarni tashkil etadi.
“Ajratilgan mablag‘ning bir qismi Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan texnikalarni jangovar harakatlarga yuborishdan oldin qo‘shimcha jihozlar va qisman ta’mirlashga sarflangan”, — deya qo‘shimcha qildi guruh.
Mart oyida Rossiya armiyasi Kursk viloyatiga keng ko‘lamli hujum uyushtirib, Sudja shahri va boshqa bir qator aholi punktlarini ozod qildi. Ayni paytda “Shimol” qo‘shinlar guruhining bo‘linmalari hujumni rivojlantirmoqda va Ukraina Qurolli kuchlari guruhlarini Kursk viloyatining butun hududidan siqib chiqarmoqda. Umuman olganda, ushbu yo‘nalishdagi janglarda Ukraina Qurolli kuchlari 70 mingdan ortiq odam yo‘qotdi.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya Qurolli kuchlari o‘tgan haftada 4 ta aholi punktini ozod qildi