Toshkentda Markaziy Osiyo va Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorligi muhokama qilindi

Siyosiy, diplomatik, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan aniq tavsiya va takliflar ishlab chiqish muhimligi ta’kidlandi.
Sputnik
TOShKENT, 12 apr – Sputnik. Toshkent shahrida “Markaziy Osiyo — Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” strategik muloqotining yuqori mansabdor shaxslari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Tadbirda Markaziy Osiyoning barcha davlatlaridan delegatsiyalar, shuningdek, Bahrayn, Qatar, Kuvayt, Birlashgan Arab Amirliklari, O‘mon, Saudiya Arabistoni va Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi vakillari ishtirok etdi.
Zasedanie starshix doljnostnix lis v ramkax formata Strategicheskogo dialoga "Sentralnaya Aziya – Sovet sotrudnichestva arabskix gosudarstv Zaliva"
Suhbat chog‘ida ikki mintaqa o‘rtasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga qaratilgan keng ko‘lamli masalalar, xususan, “Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” strategik muloqotining ikkinchi sammitiga tayyorgarlik ko‘rish ishlari muhokama qilindi.
Yig‘ilishni O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev, Kuvayt tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Najib Al-Badr, Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi bosh kotibi o‘rinbosari Ali Al-Uvayshik ochib berdi.
Zasedanie starshix doljnostnix lis v ramkax formata Strategicheskogo dialoga "Sentralnaya Aziya – Sovet sotrudnichestva arabskix gosudarstv Zaliva"
Yig‘ilishda turli yo‘nalishlarda hududlar o‘rtasidagi sheriklik munosabatlarini chuqurlashtirish muhim ahamiyat kasb etishi va o‘zaro manfaatli aloqalarni yanada kengaytirish zarurligi qayd etildi. Siyosiy, diplomatik, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan aniq tavsiya va takliflar ishlab chiqish muhimligi ta’kidlandi.
Tomonlar o‘zaro hamkorlikning ko‘p tomonlama mexanizmlarini faol rivojlantirish va Markaziy Osiyo va Ko‘rfaz arab davlatlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni mustahkamlashga sodiq ekanliklarini tasdiqladilar.
O‘zbekiston prezidenti Kuvayt valiahdi bilan uchrashdi