TOShKENT, 11 apr – Sputnik. O‘zbekiston bosh konsulxonasida Primorsk o‘lkasi Nadejdinskiy tumanidagi "Silbet" MChJ direktori Viktor Lvov bilan muzokaralar o‘tkazildi. Bu haqda "Dunyo" AA xabar berdi.
Uchrashuv O‘zbekiston prezidentining 2024-yil 17-oktabrdagi "Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish jarayonlarini tartibga solish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori ijrosi doirasida bo‘lib o‘tdi.
Tomonlar O‘zbekiston fuqarolarini ushbu korxonadagi bo‘sh ish o‘rinlariga qonuniy tartibda jalb qilish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashdilar.
Viktor Lvovning aytishicha, hozirgi kunda korxonada turli mutaxassisliklar bo‘yicha 250 ta bo‘sh ishchi o‘rni mavjud.
"Ushbu bo‘sh o‘rinlarga O‘zbekiston fuqarolarini qabul qilishga tayyormiz", - dedi u.
Uchrashuv yakunida "Silbet" korxonasi va O‘zbekistonning tegishli tashkilotlari o‘rtasida migrantlarni ishga jalb etish bo‘yicha hamkorlik aloqalarini o‘rnatish to‘g‘risida kelishib olindi.