"Fleshbeklar matnni buzadi. Kinoda bu usul mumkin, chunki unda vizual mavjud. Matnda o‘quvchi shunchaki matnni o‘qishni to‘xtatishi mumkin. Tartib bilan yozing – shunda uni oxirigacha o‘qilishi imkoniyati yuqori bo‘ladi", - dedi ekspert.
"Usiz matn noqulay bo‘ladi. Uch aktli sxemani oling: kirish, konflikt, yechim. Agar unga amal qilsangiz, xato qilish qiyin bo‘ladi", - dedi ma’ruzachi.
"Muammosiz hikoyani o‘qish qiziq emas. Agar bu uydirma hikoya bo‘lsa, muammoni o‘ylab topish mumkin, agar u haqiqat bo‘lsa, muammo o‘rnini ta’kidlab ko‘rsatish zarur", - deydi u.
"Faktlar – bu “nima, qayerda, qachon”. Ammo "nima uchun" – o‘z tarixiga ega. Nega aynan shu inson bilan, nega aynan hozir? Ushbu savollarga javob berish orqali siz sujetni shakllantirasiz. Hikoya vakuumda bo‘lishi mumkin emas – unga "bezaklar" kerak", - deya tushuntirdi Buftak.
"Muallif o‘z hikoyasi nima uchun muhimligini ko‘rsatishi kerak. Agar uch aktli tuzilma bilan ishlayotgan bo‘linsa, muammoni, oqibatlarini va ta’sirini ko‘rsatish kerak. Ammo agar sxemadan chetga chiqish vaqti kelganini his qilsangiz, qo‘rqmang", - dedi "Rossiya segodnya" mutaxassisi.