TOShKENT, 10 apr – Sputnik. Rossiya harbiylari Sumi viloyatining Juravka qishlog‘ini nazorat ostiga oldi, deb xabar qildi Mudofaa vazirligi.
“Shimol” qo‘shinlar guruhi bo‘linmalari hujum amaliyotlari davomida Sumi viloyatining Juravka aholi punktini ozod qildi”, — deyiladi idora xabarida.
Yakshanba kuni Mudofaa vazirligi Juravkaning sharqidagi Basovka qishlog‘i olinganini e’lon qilgandi.
Bundan tashqari, “Shimol” jangchilari Kursk viloyatidagi Gornal va Oleshnya hududlarida oltita dushman brigadasini mag‘lub etishdi. Aviatsiya va artilleriya Ukraina Qurolli kuchlarining o‘n bir aholi punkti hududidagi ishchi kuchi va texnikasiga zarba berdi.
Dushmanning kunlik yo‘qotishlari:
420 nafardan ortiq harbiy xizmatchi;
zirhli transport vositasi;
ikkita jangovar zirhli mashinalar;
12 ta avtomobil;
to‘rttadan artilleriya quroli va minomot;
ikkita dron boshqaruv punkti.
Umuman olganda, ushbu hududdagi janglarda Ukraina Qurolli kuchlari 73 410 nafardan ortiq odami va 405 ta tankini yo‘qotdi.