O‘zbekiston va YeOII

YeOII mahsulotlarini Eron bozoriga olib chiqish masalalari muhokama qilindi

Uchrashuv joriy yilning 15-may kuni YeOII va Eron o‘rtasida erkin savdo to‘g‘risidagi bitim kuchga kirishi oldidan bo‘lib o‘tdi.
Sputnik
TOShKENT, 10 apr – Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasida (YeIK) Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini Eron bozoriga olib chiqish masalalari muhokama qilindi. Bu haqda YeIK matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuv joriy yilning 15-may kuni YeOII va Eron o‘rtasida erkin savdo to‘g‘risidagi bitim kuchga kirishi oldidan bo‘lib o‘tdi.
Bitimning imtiyozli doirasi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 67 foizini qamrab oladi, bu YeOIIning Eronga qishloq xo‘jaligi eksportining 98 foizini tashkil qiladi. Savdo rejimini liberallashtirish Eron tomonida tariflarni himoya qilish darajasini sezilarli darajada pasaytiradi.

“Bitim YeOII biznesi uchun Eron bozoriga, shu jumladan, oziq-ovqat mahsulotlariga kirish uchun noyob tarif shartlarini yaratadi. Shu munosabat bilan, Eron bilan bu sohada hamkorlikni rivojlantirish kontekstida birinchi navbatda e’tibor qaratishimiz kerak bo‘lgan to‘siqlar va muammoli masalalarni aniqlash kerak”, - dedi YeIK savdo siyosati departamenti direktori Vladimir Serpikov.

Shuningdek, u bitimning o‘zaro savdoga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan sanitariya, veterinariya-sanitariya va karantin fitosanitariya choralarini qo‘llash bo‘yicha tartibga soluvchi qismi takomillashtirilganini eslatdi.
O‘zbekiston va YeOII
YeOII va Eron tovar ayirboshlash hajmini rekord darajaga yetkazuvchi kelishuv kuchga kirmoqda