TOShKENT, 8 apr – Sputnik. Rossiya harbiylari Kursk viloyatida Guyevoni ozod qildi va qishloq markazida bayroq o‘rnatdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
“Shimol” qo‘shinlari guruhi bo‘linmalari tomonidan hujumkor xatti-harakatlar davomida Kursk viloyatining Guyevo aholi punkti ozod qilindi”, - deyilgan xabarda.
Mart boshida Rossiya armiyasi Kursk viloyatida keng ko‘lamli hujum boshladi va 30 tadan ziyod qishloqni, jumladan, Sudja shahrini ozod qildi.
Rossiya Bosh shtabi boshlig‘i Valeriy Gerasimov prezident Vladimir Putinga dushman askarlari o‘rab olingani va ularni yo‘q qilish operatsiyasi olib borilayotganini haqida ma’lumot berdi. Rossiya qo‘shinlari Sumi viloyati chegarasiga chiqqan.
Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina armiyasi Kursk viloyatidagi janglar davomida 72 mingdan ziyod askari, 404 ta tanki va boshqa texnikalaridan ayrilgan.