TOShKENT, 8 apr – Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) Meksika bilan sanoat hamkorligini kengaytirishdan manfaatdor. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) sanoat siyosati departamenti direktori Nikolay Kushnarov “Rossiya - Meksika” biznes-forumi doirasida ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, Meksika va boshqa Lotin Amerikasi davlatlarining maxsus iqtisodiy zonalar va sanoat klasterlari mexanizmidan foydalanish tajribasi YeIK va Ittifoq mamlakatlarida qiziqish uyg‘otmoqda.
Yangi qo‘shilgan qiymat zanjirlarini va texnologiyalar transferini yaratish maqsadida YeOII va Meksika o‘rtasida hamkorlik qilish uchun muayan salohiyat mavjud.
Kooperativ (oraliq) sanoat mahsulotlarining YeOIIdan Meksikaga eksporti asosan metallurgiya va kimyo sanoati mahsulotlari hisoblanadi. Meksikadan YeOIIga import – kimyo sanoati mahsulotlari, mashina va uskunalar.