Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alabaning 80-yilligi

Toshkentda navbatdagi “Xotira bog‘i” aksiyasi bo‘lib o‘tdi

Tadbir doirasida RIUning Toshkent filiali bog‘ida Ulug‘ Vatan urushi qatnashchilari xotirasiga daraxt ekildi.
Sputnik
Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti filialida Ulug‘ Vatan urushida G‘alabaning 80-yilligiga bag‘ishlangan “Xotira bog‘i” tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Unda G‘alaba ko‘ngillilari, talabalar va qamalda qolgan Leningrad aholisi Ulug‘ Vatan urushi qahramonlari xotirasiga hamda faxriylarga minnatdorlik belgisi sifatida mevali ko‘chatlar ekishdi.

Filial talabalari urush yillariga oid ta’sirli she’r va qo‘shiqlar ijro etib, kunni o‘zgacha xotira va hurmat muhitiga to‘ldirdi.

Tadbirda Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Oleg Malginov, Rossotrudnichestvoning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Irina Staroselskaya, universitet vakillari, ishtirok etishdi.