Xitoy AQSh tovarlariga qo‘shimcha 34 foizlik boj joriy qildi

Xitoy 10-apreldan AQSh tovarlariga qo‘shimcha 34% bojlar joriy qiladi.
Sputnik
TOShKENT, 4 apr – Sputnik. Xitoy AQShdan olib kelinadigan barcha tovarlarga qo‘shimcha bojlar joriy qildi, deb ma’lum qildi Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi.

"Qo‘shma Shtatlardan import qilinadigan barcha tovarlarga joriy boj stavkasidan tashqari 34% qo‘shimcha boj to‘lanadi", - deyiladi Xitoy Davlat kengashining veb-saytidagi bayonotda.

Yangi tartib 10-apreldan kuchga kiradi.

AQSh prezidenti Donald Tramp 2-aprel kuni dunyoning 183 ta mamlakatiga qarshi bojlar kiritgan edi. Ulardan eng kami 10%, eng ko‘pi 49%. Trampning so‘zlariga ko‘ra, bu Qo‘shma Shtatlar uchun “iqtisodiy mustaqillik deklaratsiyasi” bo‘ladi va rekord darajadagi milliy qarz bilan kurashishga yordam beradi.
“Hamma jabr ko‘radi”. Dunyo yetakchilari AQShning yangi tariflaridan norozi