TOShKENT, 4 apr — Sputnik. Vladimir Putin va Donald Tramp o‘rtasida yangi suhbat yaqin vaqt ichida bo‘lib o‘tishi mumkin, deb yozmoqda "Politico" nashri.
"Tomonlar "dam olish kunlaridan oldin yoki keyin darhol" gaplashishi mumkin", - deyiladi xabarda.
Shu bilan birga, NBC telekanali ikki amerikalik mulozimga tayanib, AQSh prezidentining yaqin doiralari unga Ukrainada o‘t ochishni to‘liq to‘xtatishga rozi bo‘lmaguncha, Rossiya prezidentiga qo‘ng‘iroq qilmaslikni maslahat berishayotgani haqida xabar berdi.
Shuningdek, manbalar ayni damda ikki davlat yetakchilari o‘rtasida telefon qo‘ng‘irog‘i rejalashtirilgani yo‘qligini, biroq “Tramp kutilmaganda Putin bilan gaplashmoqchi ekanligiga qaror qilishi mumkinligi”ni aytdi.
AQSh va Rossiya prezidentlari 18-mart kuni suhbatlashgan edi. O‘shanda davlat rahbarlari Rossiya va Ukraina eneregetika obyektlariga zarba bermaslikka kelishib olishgan edi.
Ushbu kelishuvlarga qaramasdan, Kiyev rejimi Rossiyaning eneregetika obyektlariga zarba berishda davom etmoqda. Bir necha kun oldin tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov AQSh prezidenti yordamchisi Uitkoffga Ukraina 18-martdan so‘ng zarba bergan energetika obyektlari ro‘yxatini topshirgan edi.