Narbayeva Rossiya elchisi bilan uchrashdi

Oleg Malginov: Parlamentlararo ittifoqning yubiley assambleyasida Rossiya delegatsiyasi ishtirok etadi.
Sputnik
TOShKENT, 2 apr — Sputnik. Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi elchisi Oleg Malginov bilan uchrashdi, deya xabar berdi yuqori palata matbuot xizmati.
Aytilishicha, uchrashuvda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi ko‘p qirrali strategik munosabatlarni rivojlantirish istiqbollari, shuningdek, ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashda muhim o‘rin tutadigan parlamentlararo aloqalarni faollashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi elchisi Oleg Malginov bilan uchrashdi
Shuningdek, O‘zbekistonda o‘tkaziladigan Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasiga tayyorgarlik doirasida ikki mamlakat parlamentlari o‘rtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish va kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi elchisi Oleg Malginov bilan uchrashdi
“Oleg Malginov Parlamentlararo ittifoqning yubiley assambleyasida Rossiya delegatsiyasining ishtirok etishini qayd etib, bu O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi strategik hamkorlik mustahkamlanayotganidan dalolat berib turishini alohida ta’kidladi”, — deyiladi xabarda.
Uchrashuv yakunida ikki mamlakat xalqlari manfaatlari yo‘lida konstruktiv va o‘zaro manfaatli hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.
Malginov: Rossiya va O‘zbekiston qo‘shma rejalarni amalga oshirishni davom ettiradi