“O‘tgan yili sizning so‘rovlaringiz asosida Davlat Dumasi deputatlari migratsiya siyosatini takomillashtirishga qaratilgan 14 ta qonunni faol ishlab chiqdi va qabul qildi. Ulardan migrant bolalarni maktablarga qabul qilish shartlarini belgilovchi oxirgisi kuchga kirdi. Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, Rossiyada 783 593 nafar voyaga yetmagan migrantlar bor”, — deb yozadi Vacheslav Volodin.
“Ilgari biz ushbu qoidalarni qo‘llash masalalarini muhokama qildik. Rosobrnadzorning rus tili bo‘yicha imtihondan muvaffaqiyatli o‘tish uchun migrantlarning farzandlari 30 foiz to‘g‘ri javob berishi kerakligi haqidagi dastlabki taklifiga rozi bo‘lmadik. U qayta ishlandi. Bugungi qaror maktabga qabul qilinish uchun 90 foiz to‘g‘ri javob berishini nazarda tutadi”, — deya aniqlik kiritdi Volodin.