O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston imzolagan shartnomani olqishlaymiz — ShHT

A’zo davlatlar ushbu Shartnomaning imzolanishi ShHT makonida tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga salmoqli hissa qo‘shishini qayd etadi.
Sputnik
TOShKENT, 1apr — Sputnik. Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) 31-mart kuni O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston prezidentlari imzolagan chegara to‘g‘risidagi tarixiy shartnomani olqishlaydi. Bu haqda ShHT o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

“Shanxay hamkorlik tashkiloti 2025-yil 31-martda Qirg‘iziston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida davlat chegaralarining tutash nuqtasi to‘g‘risidagi shartnoma imzolanganini olqishlaydi, bu uch davlat o‘rtasidagi o‘zaro ishonch va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadamdir”, — deyiladi xabarda.

A’zo davlatlar ushbu shartnomaning imzolanishi ShHT makonida tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga salmoqli hissa qo‘shishini qayd etadi.
O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston chegara to‘g‘risida tarixiy shartnoma imzoladi