Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Tramp: Zelenskiy Ukrainaning NATOga qo‘shilishi sodir bo‘lmasligini tushunadi

Ilgari Rossiya prezidenti maxsus harbiy operatsiya boshlashning sabablaridan biri Ukrainaning NATOga qo‘shilishga intilishi bo‘lganini aytgan.
Sputnik
TOShKENT, 31 mar – Sputnik. Vladimir Zelenskiy Ukraina NATOga a’zo bo‘lishini istaydi, biroq bu hech qachon sodir bo‘lmasligini tushunadi. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp ma’lum qildi, deya yozadi RIA Novosti.

“U (Zelenskiy) NATO a’zosi bo‘lishni xohlaydi. Biroq u hech qachon NATOga a’zo bo‘lmaydi, u buni tushunadi”, - dedi Tramp jurnalistlarga.

Tramp fevralda Britaniya bosh vaziri Kir Starmer bilan uchrashuvda Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lishi sodir bo‘lmasligini ma’lum qilgandi. Uning fikricha, agar uning o‘tmishdoshi Jo Bayden Kiyevga alyansda a’zolikni va’da qilmaganda, Ukrainadagi harbiy harakatlar boshlanmagan bo‘lardi.
Rossiya Ukrainaning NATOga qo‘shilishiga qarshi chiqmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin maxsus harbiy operatsiya boshlashning sabablaridan biri Ukrainaning NATOga qo‘shilishga intilishi bo‘lganini ta’kidlagan.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Tramp Ukrainaning NATOga qo‘shilish masalasi "yopiq" ekanini aytdi