O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston do‘stligi timsoli o‘rnatildi

Ta’kidlanishicha, Do‘stlik stelasi qardosh mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stlik, ishonch va strategik sheriklik munosabatlari mustahkamlanib borayotganining yangi ramzi bo‘ladi.
Sputnik
TOShKENT, 31 mar – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon va Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov uch mamlakat davlat chegaralari tutashgan hududda Do‘stlik stelasini tantanali ravishda ochishdi.
Glavi gosudarstv otkrili stelu Drujbi Uzbekistana, Tadjikistana i Kirgizstana
Marosim Xo‘jand shahrida o‘tayotgan oliy darajadagi tadbirlar doirasida bo‘lib o‘tdi.
Uch mamlakat bosh vazirlari o‘rinbosarlari videoaloqa orqali davlat rahbarlariga qurilish ishlari yakunlangani va obyekt tayyorligi to‘g‘risida axborot berishdi.
“Ushbu yodgorlik qardosh mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, ishonch va strategik sheriklik munosabatlari mustahkamlanib borayotganining yangi ramzi bo‘ladi”, - deyilgan O‘zbekiston rahbari matbuot xizmati xabarida.
Avvalroq O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston davlat chegaralarining tutash nuqtasi to‘g‘risidagi tarixiy shartnoma imzolangan edi.
O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston chegara to‘g‘risida tarixiy shartnoma imzoladi