TOShKENT, 31 mar – Sputnik. O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasida Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnoma kuchga kirdi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
Muzokaralar yakunida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon huzurida tashqi siyosat idoralari rahbarlari O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasida Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomaning kuchga kirishi haqidagi bayonnomani imzoladilar va ratifikatsiya yorliqlarini almashdilar.
Shartnoma o‘tgan yili 18-aprel kuni Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi ikki tomonlama sammitda imzolangan edi.
Hujjat ratifikatsiya yorliqlari almashilgan kundan e’tiboran kuchga kiradi.