TOShKENT, 31 mar – Sputnik. Xo‘jand shahrida o‘tayotgan uch tomonlama sammit doirasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston yetakchisi matbuot xizmati xabar berdi.
Bugun bo‘lib o‘tgan uch tomonlama muzokaralar yakunlari, ularning asosiy natijasi sifatida O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston davlat chegaralarining tutash nuqtasi to‘g‘risidagi shartnoma imzolangani yuksak baholandi.
Mirziyoyev va Japarov oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishdagi yutuqlarni mamnuniyat bilan qayd etishdi. Tovar ayirboshlash hajmi yil boshidan buyon 70 foizga oshdi. Iqtisodiyotning turli tarmoqlarida, shu jumladan qo‘shma Investitsiya jamg‘armasi ko‘magida sanoat kooperatsiyasi muvaffaqiyatli rivojlanmoqda.
Energetika va transport kommunikatsiyalari sohasidagi yirik mintaqaviy loyihalarni, shu jumladan,"Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston" temir yo‘li qurilishini jadallashtirish masalalari muhokama qilindi.
Davlat rahbarlari hududlar o‘rtasidagi faol aloqalar va madaniy-gumanitar almashinuvni davom ettirish muhimligini qayd etdilar.
Prezidentlar bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlar rejasi va kun tartibi yuzasidan ham fikr almashishdi.