TOShKENT, 30 mar — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin musulmonlarni Ramazon hayiti bilan tabriklab, ularning mamlakat rivojiga qo‘shgan hissasini qayd etdi. Tegishli tabrikni Musulmonlar markaziy diniy e’lon qildi.
Prezident Ramazon hayiti odamlarning mehr-oqibat va mehr-muruvvat istagini ifodalashini ta’kidladi.
“Sizlarni (Rossiya musulmonlarini – Tahr.) Ramazon hayiti bilan chin qalbimdan tabriklayman... Musulmon tashkilotlarining mamlakat ijtimoiy-madaniy hayotini rivojlantirish, ommaviy xayriya, ma’rifiy, vatanparvarlik loyihalari va tashabbuslarini amalga oshirishga qo‘shayotgan ulkan bunyodkorlik hissasi eng samimiy hurmatga sazovor”, — deyiladi tabrik matnida.
Putin, shuningdek, rossiyalik musulmonlar ajdodlarining boy ma’naviy va tarixiy merosiga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishi muhimligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ular ota bobolarining urf-odatlari, ahd va udumlarini e’zozlaydi, navqiron avlodni ular bilan tanishtiradi.
"Shuning uchun ham Ramazon hayiti butun mamlakat bo‘ylab keng nishonlanadi: diniy jamoalarda ham, oila davrasida ham", — deydi Rossiya yetakchisi.
Bundan tashqari, prezident musulmonlar tomonidan maxsus harbiy operatsiya qatnashchilari va faxriylariga, ularning oila a’zolari va yaqinlariga ko‘rsatilayotgan samarali yordamni alohida qayd etdi. Shuningdek, Putin ularga sihat-salomatlik va ishlarida muvaffaqiyatlar tiladi.