“O‘zbekneftgaz” va “KazMunayGaz” o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi

“KazMunayGaz” va “O‘zbekneftgaz” hamkorlik qilishga kelishib oldi.
Sputnik
TOShKENT, 30 mar — Sputnik. “O‘zbekneftgaz” va “KazMunayGaz” o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi. Bu haqda Qozog‘iston neft va gaz sanoatining etakchisi xabar berdi.
Olmaota shahrida “KazMunayGaz” va “O‘zbekneftgaz” o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi. Bitim ikki kompaniya o‘rtasida geologiya-qidiruv ishlari va Qozog‘iston va O‘zbekistonda qo‘shma neft-kimyo loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirishni belgilaydi.
Qayd etilishicha, “O‘zbekneftgaz” kompaniyaning istiqbolli hamkorlaridan biridir.
“Amaldagi kelishuv KMG o‘zbekistonlik hamkasblari bilan resurs bazasini to‘ldirish va neft-kimyo sanoatini rivojlantirish kabi muhim yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirishga tayyorligini tasdiqlaydi. Bundan tashqari, o‘zaro manfaatlar qatoriga raqamli texnologiyalar, sanoat xavfsizligi va atrof-muhitni muhofaza qilish kiradi”, — dedi "KazMunayGaz" boshqaruvi raisi Asxat Xasenov.
Uning qo‘shimcha qilishicha, mazkur shartnomaning imzolanishi Qozog‘iston va Markaziy Osiyoda energetika barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi.
“O‘zbekneftgaz” yirik neft va gaz kompaniyalari bilan hamkorlik hujjatini imzoladi