TOShKENT, 22 mar – Sputnik. Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimlari tunda sakkizta hudud, Azov va Qora dengiz ustida Ukrainaning 47 ta uchuvchisiz uchish apparatini yo‘q qildi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.
“O‘tgan kechada navbatchi havo hujumidan mudofaa tizimlari Ukrainaning 47 ta uchuvchisiz uchish apparatini yo‘q qildi va tutib oldi”, — deyiladi xabarda.
Aniqlanishicha:
Voronej viloyatida 12 ta;
Belgorod viloyatida 11 ta;
Qora dengiz ustida 7 ta;
Rostov viloyati hududida 6 ta;
Volgograd viloyatida 4 ta;
Astraxan viloyatida 3 ta;
Bransk, Kursk va Samara viloyatlari hududlarida, shuningdek Azov dengizi akvatoriyasi ustida 1 tadan uchuvchisiz uchish apparatini urib tushirdi.
Rostov viloyati gubernatori vazifasini bajaruvchi Yuriy Slyusarga ko‘ra, dron hujumi tufayli Rostov-Don shahridagi turar-joy binosida portlash sodir bo‘lgan, oqibatda ikki kishi jarohatlangan.
Samara gubernatori Vacheslav Fedorishev Chapayevskdagi sanoat korxonalaridan biriga drondan hujum uyushtirilgani haqida xabar berdi, jarohatlanganlar yo‘q.
Ukraina Qurolli kuchlari har kuni uchuvchisiz samolyotlar yordamida Rossiyaning chegara va markaziy hududlaridagi obyektlarga hujum qilishga urinmoqda. Havo hujumidan mudofaa kuchlari dushman uchuvchi apparatlarini tutib olmoqda.