TOShKENT, 22 mar – Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) raqobat va monopoliyaga qarshi tartibga solish vaziri Maksim Yermolovich Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) farmatsevtika ishlab chiqaruvchilari assotsiatsiyasi boshqaruvi raisi Aleksey Kedrin bilan ishchi uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda YeIK matbuot xizmati xabar berdi.
YeIK vaziri joriy yilda Komissiyaning Raqobat va monopoliyaga qarshi tartibga solish bo‘limi farmatsevtika sohasida raqobatni rivojlantirishga qaratilgan keng ko‘lamli tarmoq tadqiqotini o‘tkazayotganini ta’kidladi.
Maksim Yermolovichning so‘zlariga ko‘ra, “farmatsevtika sohasini o‘rganishdan maqsad to‘siqlarni kamaytirish, narxlarni pasaytirish va buning natijasida YeOII davlatlari fuqarolari uchun dori vositalarining mavjudligini ta’minlashdir”.
Tomonlar assotsiatsiyaning olib borilayotgan tadqiqotlardagi ishtirokini muhokama qildilar.
Uchrashuv yakunida Maksim Yermolovich Aleksey Kedrinni Minsk shahrida bo‘lib o‘tadigan Yevroosiyo iqtisodiy forumining ixtisoslashtirilgan tadbirlarida ishtirok etishga taklif qildi.