O‘zbekiston va YeOII

YeOII va Mo‘g‘uliston vaqtinchalik savdo bitimi loyihasiga oid barcha masalalarni kelishib oldi

Vstrecha ministra po torgovle YeEK Andreya Slepneva s pervim zamestitelem premyer-ministra Mongolii, ministrom ekonomicheskogo razvitiya, chlenom Velikogo gosudarstvennogo xurala Gantumurom Luvsannyaminom.
Mo‘g‘uliston bilan vaqtinchalik erkin savdo hududi to‘g‘risidagi vaqtinchalik bitim 3-yilga mo‘ljallangan.
Sputnik
TOShKENT, 21 mar – Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) va Mo‘g‘uliston vaqtinchalik savdo bitimi loyihasi yuzasidan qolgan barcha masalalarni kelishib oldi. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) matbuot xizmati xabar berdi.
Moskvada YeIK savdo vaziri Andrey Slepnyov va Mo‘g‘uliston bosh vaziri o‘rinbosari – iqtisodiyot va rivojlanish vaziri Luvsannyamin Gantumur uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
“Biz samarali muzokaralar olib bordik, ular davomida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi va Mo‘g‘uliston o‘rtasidagi vaqtinchalik savdo bitimi loyihasi bo‘yicha qolgan barcha masalalarni batafsil muhokama qildik. Mo‘g‘uliston bilan yaqin qo‘shni va do‘stona davlat sifatida munosabatlarni yanada rivojlantirishga bo‘lgan niyatimizni tasdiqlaymiz”, – dedi Slepnyov.
YeOII va Mo‘g‘uliston o‘rtasida vaqtinchalik savdo bitimini tuzish bo‘yicha muzokaralar Oliy Yevroosiyo iqtisodiy Kengashining 2024-yil 8-maydagi qaroriga muvofiq olib borilmoqda.
Mo‘g‘uliston bilan vaqtinchalik erkin savdo hududi to‘g‘risidagi vaqtinchalik bitim 3-yilga mo‘ljallangan bo‘lib, har ikki tomonning bojxona bojlari kamaytiriladigan 375 ta tovarni o‘z ichiga oladi.
Rukopojatie
O‘zbekiston va YeOII
YeOII va Eron tovar ayirboshlash hajmini rekord darajaga yetkazuvchi kelishuv kuchga kirmoqda