“Yevroosiyo taraqkiyot banki Kengashining 2024-yilgi tegishli bayonida bank ustav kapitalini qo‘shimcha 925 mln dollari yangi a’zo davlatlar uchun 20 mln dollar, shu jumladan, O‘zbekistonga 168,4 mln dollar miqdorida to‘lanilgan aksiyalarni taqsimot qilib belgilangan. O‘zbekiston Yevroosiyo taraqkiyot bankiga a’zo bo‘lib, kirish jarayonida jami 777,8 mln dollar, shundan 168,4 mln dollar to‘lanadigan va 609, 4 mln dollar talab qilib olishga qadar bo‘lgan aksiyalarni sotib olish ko‘zda tutilgan bo‘lib, ushbu aksiyalarga obuna bo‘lish natijasida O‘zbekistonning bankdagi ulushi dastlabki bosqichda 10 foizni tashkil etadi”, — dedi senator.
Yevroosiyo taraqqiyot banki (YeOTB) Yevroosiyo makonida investitsiya faoliyatini amalga oshiruvchi xalqaro moliyaviy tashkilotdir. 17-yildan ortiq vaqt mobaynida YeOTB o‘z a’zolari bo‘lgan mamlakatlarning iqtisodiy aloqalarini mustahkamlash va kengaytirishga, har tomonlama rivojlanishiga ko‘maklashib kelmoqda. YeOTBning ustav kapitali — 7 mlrd. Bank portfelidagi asosiy ulushni transport infratuzilmasi, raqamli tizimlar, yashil energiya, qishloq xo‘jaligi, sanoat va mashinasozlik sohalarida integratsiya effektiga ega bo‘lgan loyihalar egallaydi.