TOShKENT, 16 mar — Sputnik. Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyalarida 800 dan ortiq loyiha namoyish etilishi rejalashtirilgan, deya xabar berdi markaz matbuot xizamti.
Islom sivilizatsiyasi markazi rahbari Firdavs Abduxoliqovning qayd etishicha, markaz ekspozitsiyalarida namoyish etilishi rejalashtirilgan 800 dan ortiq loyihaning 430 tasi xorijiy hamkorlar bilan birgalikda amalga oshirilmoqda.
Sentr islamskoy sivilizatsii Uzbekistana rasshirayet mejdunarodnoe sotrudnichestvo
© Sentr islamskoy sivilizatsii
“Markazning ochilishi munosabati bilan xalqaro ko‘rgazmalar tashkil etish bo‘yicha faol ishlar olib borilmoqda. Bugungi kunga qadar turli mamlakatlardan 15 ta muzey, xususiy kolleksionerlar va kutubxonalar o‘z ishtirokini tasdiqlab, O‘zbekiston madaniy merosiga bag‘ishlangan noyob ekspozitsiyalarni Toshkentga olib kelishga rozilik bildirdilar”, — dedi Firdavs Abduxoliqov.
Markazning ikkinchi qavatidan xorijiy hamkor davlatlar va nufuzli xalqaro tashkilotlar uchun ofislar ajratiladi.
Kelgusida Markazda xalqaro ilmiy platforma shakllanishiga yordam beradi. Ushbu platforma 50 dan ortiq mamlakatdan 500 dan ziyod tashkilot, minglab olim va mutaxassislarni birlashtiradi.
Hozirgacha 100 dan ortiq xalqaro tashkilot, jumladan Malayziya Islom san’ati muzeyi, Italiyaning Aron, Alberto Levi xususiy kolleksiyalari, Ratti fondi, Turin Osiyo madaniyati muzeyi, Rossiya davlat ermitaji, Turkiyadagi Turk-islom san’ati asarlari muzeyi, AQShning Devid Peyli va Brus Baganz xususiy kolleksiyalari o‘z eksponatlari bilan ishtirok etishga rozilik bergan.