Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Putin Trampning so‘roviga javob qaytardi

Ta’kidlanishicha, Ukraina jangarilari Rossiya tinch aholisiga qarshi ko‘plab jinoyatlar sodir etgan.
Sputnik
TOShKENT, 15-mart – Sputnik. Vladimir Putin Donald Trampning Ukraina harbiylarini saqlab qolish haqidagi chaqirig‘i bilan tanishdi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
Oq uy rahbari maxsus elchi Stiv Uitkoff va Rossiya rahbari o‘rtasida samarali muzokaralar olib borilganini e’lon qilib, Putindan qurshovdagi Ukraina qo‘shinlarini saqlab qolishni so‘ragandi.
Putin Amerika rahbarining Ukraina harbiylariga nisbatan insonparvarlik tamoyillariga amal qilishga chaqiruvini tushungan holda qabul qildi. Ta’kidlanishicha, uni samarali amalga oshirish uchun Ukraina harbiylari qurollarini tashlab, taslim bo‘lishi kerak.
“Shu munosabat bilan shuni ta’kidlashni istardimki, agar ular qurollarini tashlab, taslim bo‘lishsa, ularning hayoti kafolatlanadi va ularga xalqaro konvensiyalar va Rossiya qonunchiligiga muvofiq munosabatda bo‘linadi”, - dedi Putin.
Ta’kidlanishicha, Ukraina jangarilari Rossiya tinch aholisiga qarshi ko‘plab jinoyatlar sodir etgan.
Tramp va uning ma’muriyati esa munosabatlarni tiklash uchun hamma narsa qilmoqda.
“Prezident Tramp boshchiligidagi yangi ma’muriyat Amerikaning avvalgi ma’muriyati tomonidan deyarli nolga tushirilgan va yo‘q qilingan narsaning hech bo‘lmaganda bir qismini tiklash uchun hamma narsa qilmoqda”, - dedi Rossiya prezidenti.
Avvalroq Putin AQSh tomonidan ilgari surilgan Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish g‘oyasini butkul qo‘llab-quvvatlashini, biroq e’tiborga olish kerak bo‘lgan nyuanslar borligini aytgandi.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Tramp Putindan Ukraina askarlarining hayotini saqlab qolishni so‘radi