O‘zbekiston va YeOII

YeIK: Qozonda farmatsevtika bozorlarida raqobatni ta’minlash masalalari muhokama qilindi

Proizvodstvo lekarstvennix preparatov
Qozon shahrida “Farmatsevtika bozorlarida raqobatni rivojlantirish” xalqaro davra suhbati o‘tkazildi.
Sputnik
TOShKENT, 15-mart – Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasining (YeIK) raqobat va monopoliyaga qarshi tartibga solish bloki vakillari Qozon shahrida “Farmatsevtika bozorlarida raqobatni rivojlantirish” xalqaro davra suhbatida ishtirok etdi. Bu haqda YeIK matbuot xizmati xabar berdi.
Tadbirda dori vositalari bozorida raqobat va patent qonunchiligi sohasidagi huquqiy normalar, majburiy litsenziyalash masalalari, dori vositalari va tibbiyot buyumlari bozorida monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari buzilishi, javob choralari, ilg‘or tajribalar, sog‘liqni saqlash sohasida davlat xaridlari, tender savdolarida soxtalashtirishga qarshi kurashish mavzulari muhokama qilindi.
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII), Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari, shuningdek, Xitoy, Indoneziya, Turkiya, Misr, Janubiy Afrika va Myanmaning raqobat organlari xodimlari milliy qonunchilikni takomillashtirish va farmatsevtika sohasida raqobat qoidalarini buzish holatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdi. Muhokamada ilmiy doiralar va farmatsevtika kompaniyalari vakillari ishtirok etdi.
Shuningdek, farmatsevtika bozorlarida raqobat masalalarini o‘rganish bo‘yicha BRIKS ishchi guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Farmatsevticheskiy zavod Biokom v Stavropolye
O‘zbekiston va YeOII
Kuba YeOII bozoriga yangi dori vositalari bilan kirmoqchi