TOShKENT, 14 mar — Sputnik. O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi spikeri Nuriddin Ismoilov Rossiya Federal Majlisi Davlat dumasi raisi Vacheslav Volodin boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashdi. Bu haqda Qonunchilik palatasi matbuot xizmati xabar berdi.
Mehmonlarga yangi tahrirdagi Konstitutsiya va “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan islohotlar, Qonunchilik palatasining tarkibiy tuzilishi, uning qonun ijodkorligi yo‘nalishidagi faoliyati, palataning qo‘mitalari, komissiyalarining asosiy vazifalari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Volodin samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarning so‘nggi yillarda tobora kengayishi va mustahkamlanishi, turli sohalardagi serqirra hamkorlikning rivojlanishida kuzatilayotgan barqaror ijobiy tendensiyani qayd etdi.

Mejparlamentskoe sotrudnichestvo budet razvivatsya i dalshe
© Zakonodatelnaya palata Oliy Majlisa
Shuningdek, o‘zaro munosabatlar jadal rivojlanayotgani, O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar yangi formatga ega bo‘lgani, hamkorlikning barcha yo‘nalishlarida o‘zaro aloqalar faollashib, ko‘p tomonlama muloqotlar mustahkamlanib borayotgani e’tirof etildi.
Volodin O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholab, Shavkat Mirziyoyev tomonidan olib borilayotgan mintaqaviy aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan konstruktiv va ochiq tashqi siyosat tahsinga sazovorligini bildirdi.
Ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirishda muhim omil bo‘lgan parlamentlararo hamkorlikni yanada kengaytirish va sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarish har tomonlama foydali ekanligi qayd etildi. O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi bilan Rossiya Federal Majlisi Davlat dumasining hamkorlik bo‘yicha parlamentlararo komissiyasi faoliyatini takomillashtirish zarurligi ta’kidlandi.
Mejparlamentskoe sotrudnichestvo budet razvivatsya i dalshe
© Zakonodatelnaya palata Oliy Majlisa
Muloqot davomida parlamentlararo forumlar, partiyalar va fraksiyalararo muloqotlar o‘tkazish bo‘yicha fikrlar almashilib, hamkorlikni rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari belgilab olindi.