TOShKENT, 13 mar — Sputnik. Rossiya Davlat dumasi raisi boshchiligidagi delegatsiya Toshkentga keldi, deya xabar berdi O‘zbekiston quyi palatasi matbuot xizmati.
Vacheslav Volodinni Toshkentda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri Nuriddin Ismoilov kutib oldi.
Vizit predsedatelya Gosdumi RF V. Volodina v Uzbekistan
© Sputnik / Aleksey Mayshev
/ "Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Davlat Dumasi Raisi V.Volodin boshchiligidagi delegatsiya rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi", — deyiladi xabarda.
Predsedatel Gosudarstvennoy Dumi Federalnogo Sobraniya Rossiyskoy Federatsii vozlojil sveti k monumentu "Oda ctoykosti"
© Zakonodatelnaya palata Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan
Tashrif davomida Vacheslav Volodin boshchiligidagi delegatsiya “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdi. Majmuaga tashrif chog‘ida yuqori martabali mehmon halok bo‘lgan zobitlar xotirasiga hurmat bajo keltirib, “Matonat madhiyasi” yodgorligi poyiga gul qo‘ydi.
Chleni delegatsii vo glave s Predsedatelem Gosudarstvennoy Dumi Federalnogo Sobraniya Rossiyskoy Federatsii V. Volodinim posetili Texnologicheskiy park programmnix produktov i informatsionnix texnologiy (IT Park)
© Zakonodatelnaya palata Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan
Shuningdek, delegatsiya a’zolari istiqbolli startap-loyihalarni ishga tushirish va bozorga olib chiqishga ixtisoslashgan Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki (IT Park)da ham bo‘lishdi. Ularga startaplarni rivojlantirish uchun yaratilgan sharoitlar va IT kompaniyalar uchun soliq imtiyozlari haqida so‘zlab berildi.
"Mazkur tashrif doirasida delegatsiya a’zolarining Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri Nuriddin Ismoilov va Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva bilan uchrashuvlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Tomonlar parlamentlararo hamkorlikning bugungi holati, istiqboldagi rejalar, shuningdek, ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash va kengaytirish masalalarini muhokama qiladi", — deyiladi matbuot xizmati xabarida.
Shuningdek, tashrif davomida delegatsiya a’zolari Toshkentning diqqatga sazovor joylari bilan tanishishi ko‘zda tutilgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning fevral oyida Moskvada Davlat dumasi va O‘zbekiston Qonunchilik palatasi o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha parlamentlararo komissiyaning birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan edi.