Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Tramp Putin bilan shu hafta gaplashmoqchi

AQSh prezidenti Rossiya yetakchisidan Ukrainadagi harbiy harakatlarni to‘xtatishga rozi bo‘lishini kutayotganini aytdi.
Sputnik
TOShKENT, 12 mar — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan shu hafta gaplashishini kutayotganini aytdi, deb yozmoqda RIA Novosti.
“Men Vladimir Putin bilan suhbat qurishni rejalashtirganman, tangoga ikki kishi kerak deyilgan, to‘g‘rimi? Umid qilamanki, u ham rozi bo‘ladi (o‘t ochishni to‘xtatish - tahr.) va bu yo‘lning 75 foizini tashkil qiladi”, — dedi Tramp Oq uy hududida jurnalistlarga.
Jurnalistlarning bu hafta Putin bilan uchrashuv bo‘ladimi degan savollariga Tramp: “Men ha deb o‘ylayman”, deya javob berdi.
AQSh prezidenti Rossiya yetakchisidan Ukrainadagi harbiy harakatlarni to‘xtatishga rozi bo‘lishini kutayotganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, amerikalik delegatlar Rossiya tomoni bilan ehtimoliy o‘t ochishni to‘xtatish shartlarini muhokama qilish uchun “bugun yoki ertaga” muzokaralar o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarova RIA Novostiga yaqin kunlarda Amerika vakillari bilan muloqot qilishni istisno qilmasligini aytdi.
“Biz keyingi bir necha kun ichida AQSh vakillari bilan aloqalarni istisno qilmaymiz”, — dedi u.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Kiyev to‘liq o‘t ochishni to‘xtatishga tayyor — Tramp