Shavkat Mirziyoyevning Fransiyaga davlat tashrifi boshlandi

Nachalsya gosudarstvenniy vizit prezidenta Uzbekistana vo Fransiyu
Mirziyoyev Parijdagi o‘zbekistonliklar bilan suhbatlashdi.
Sputnik
TOShKENT, 12 mar — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Fransiyaga davlat tashrifi boshlandi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Shavkat Mirziyoyev Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning taklifiga binoan davlat tashrifi bilan Parijga yetib bordi.
Samolyot oldida O‘zbekiston yetakchisini Fransiya milliy ta’lim, oliy ta’lim va ilmiy tadqiqotlar vaziri Elizabet Born, Parij harbiy okrugi qo‘mondoni general Loik Mizon va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Nachalsya gosudarstvenniy vizit prezidenta Uzbekistana vo Fransiyu
Nachalsya gosudarstvenniy vizit prezidenta Uzbekistana vo Fransiyu
"Orli" xalqaro aeroportida oliy martabali mehmon sharafiga ikki mamlakat davlat bayroqlari ko‘tarildi, faxriy qorovul saf tortdi.
Mamlakat delegatsiyasi joylashgan qarorgoh oldida Fransiyada o‘qiyotgan, ishlayotgan va ilmiy izlanishlar olib borayotgan bir guruh vatandoshlar Shavkat Mirziyoyevni katta xursandchilik bilan kutib oldi.
Nachalsya gosudarstvenniy vizit prezidenta Uzbekistana vo Fransiyu
Nachalsya gosudarstvenniy vizit prezidenta Uzbekistana vo Fransiyu
Davlat rahbari ular bilan samimiy suhbatlashdi, o‘qish va izlanishlariga muvaffaqiyat tiladi.
Nachalsya gosudarstvenniy vizit prezidenta Uzbekistana vo Fransiyu
Tashrifning asosiy tadbirlari 12-mart kuniga mo‘ljallangan. Dasturga muvofiq, Yelisey saroyida oliy darajadagi O‘zbekiston-Fransiya muzokaralari bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, davlat rahbari YuNESKO bosh direktori Odri Azule bilan uchrashuv hamda Fransiyaning yetakchi kompaniya va banklari vakillari bilan davra suhbati o‘tkazadi.