TOShKENT, 10 mar – Sputnik. Rossiya harbiylari Kursk viloyatini ukrainalik jangarilardan tozalash uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilmoqda. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
“Albatta, harbiylarimiz yerlarimizni jangarilardan imkon qadar tezroq tozalash uchun qo‘ldan kelgan barcha ishni qilishmoqda. Biz bunday qilinishiga shubha qilmaymiz”, - dedi Kreml vakili.
Peskov Rossiya jangchilariga muvaffaqiyat tiladi.
Shuningdek, u Kursk viloyatini ozod qilish uchun biror bir muddat belgilanmaganini ta’kidladi.
Ukraina Qurolli kuchlari 2024-yil 6-avgust kuni Kursk viloyatiga hujum qilishdi. Mintaqa hududida federal xususiyatdagi favqulodda holat joriy qilingan. Chegara oldidagi aholi xavfsiz joyga ko‘chirilgan.
Rossiya Mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra, Kiyev Kursk yo‘nalishida jangavor harakatlar boshlangandan buyon 65 mingdan ziyod harbiysini yo‘qotgan. Rossiya armiyasi Kursk viloyatida hozirgi kunga qadar 32 ta aholi punktini ozod qilishga erishdi.
Birgina 8-9 mart kunlari 7 ta qishloq ozod qilindi: Malaya Loknya, Cherkasskoe Porechnoe, Kositsa, Lebedevka, Viktorovka, Nikolayevka va Staraya Sorochina. Ukraina jangarilarini yo‘q qilish operatsiyasi davom ettirilmoqda.