Ilhom va go‘zallik ramzi: Toshkentda "Ayolga qasida" ko‘rgazmasi ochildi

Ko‘rgazma ekspozitsiyasida noyob asarlar namoyishga qo‘yilgan.
Sputnik
6 mart mart kuni O‘zbekiston tasviriy san’at galereyasida Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan "Ayolga qasida" ko‘rgazmasi o‘z eshiklarini ochdi. Ko‘rgazma ekspozitsiyasida “O‘zmilliybank” AJ to‘plamidagi noyob asarlar namoyishga qo‘yilgan. Ushbu asarlarni birlashtirgan asosiy g‘oya – san’atdagi ayol siymosi.

1 / 18

"Ostonada", muallif Fayzulla Axmadaliyev, 2002, mato, moybo‘yoq

2 / 18

Toshkentdagi "Ayolga qasida" ko‘rgazmasi

3 / 18

"Fas-anfas" asari, muallif Saidbek Sabirbayev, 2021, mato, moybo‘yoq

4 / 18

"Xoljon momo", muallif Ataxan Allaberganov, 2000, mato, moybo‘yoq

5 / 18

"Dalada", muallif Teshabay Pirmatov, 1991, mato, moybo‘yoq

6 / 18

Ushbu asarlarni birlashtirgan asosiy g‘oya – san’atdagi ayol siymosi

7 / 18

"Qayerdan qo‘shiq olay", muallif Medat Kagarov, 1996, mato, moubo‘yoq

8 / 18

"To‘quvchilar kuyi", muallif Baxtiyar Obidov, 1995, Tuval, moybo‘yoq

9 / 18

Ko‘rgazma ekspozitsiyasida noyob asarlar namoyishga qo‘yilgan.

10 / 18

"Xiva", muallif Fayzulla Ahmadaliyev, 2002, mato, moybo‘yoq

11 / 18

"Sumalak", muallif Rahmonjon Mirzayev, 1997, mato, moybo‘yoq

12 / 18

"To‘rt fasl. Kuz", muallif Medat Kagarov, 1997, mato, moybo‘yoq

13 / 18

ayol nafaqat go‘zallik ramzi, balki hayotbaxsh kuch, donolik va ma’naviy matonat timsoli

14 / 18

"Daraxt yonidagi qiz", muallif Nadejda Kashina, 1930, karton, moybo‘yoq

15 / 18

"Erkinoy", muallif Yigitali Tursunnazarov, mato, moybo‘yoq

16 / 18

"Shohimardonlik qiz", muallif Rafael Taktash, 1948, mato, moybo‘yoq

17 / 18

Ko‘rgazma doirasida turli avlod vakillari bo‘lmish rassomlarning asarlari orqali ayol qiyofasining badiiy talqini bilan tanishish mumkin.

18 / 18

"Qahramon ona", muallif Ro‘zi Choriyev, 1989, karton, moybo‘yoq

Ayol – ilhom va go‘zallik timsoli

Ayol azaldan nafosat va ilhom manbai bo‘lib, san’atkorlarni shedevrlar yaratishga ruhlantirgan. U nafaqat go‘zallik ramzi, balki hayotbaxsh kuch, donolik va ma’naviy matonat timsoli sifatida tasvirlangan. Ko‘rgazma doirasida turli avlod vakillari bo‘lmish rassomlarning asarlari orqali ayol qiyofasining badiiy talqini bilan tanishish mumkin. Har bir ijodkor uning tabiati, his-tuyg‘ularining chuqurligi va ichki olamini o‘zgacha uslubda aks ettiradi.
Zamon o‘zgargani, uslub va yo‘nalishlar yangilanganiga qaramay, ayol obrazi har doim san’atda ilhom va go‘zallik ramzi bo‘lib qoldi. Shu bilan birga, ko‘rgazma ayollarning o‘z huquqlari uchun olib borgan uzoq va murakkab kurashiga ham ishora qiladi – ta’lim olish, mehnat qilish, teng haq olish va jamiyatda faol ishtirok etish. Bu tarixiy jarayonlar natijasida bugungi kundagi kuchli, erkin va maqsad sari intilayotgan ayol siymosi shakllandi.

San’atning buyuk ijodkorlari bir ekspozitsiyada

Ko‘rgazmada o‘zbek san’atining mashhur va iste’dodli ijodkorlari tomonidan yaratilgan asarlar namoyish etiladi. Ular orasida A. Abdullayev, Y. Tursunnazarov, R. Taktash, N. Kashina, R. Choriyev, A. Allaberganov, R. Axmedov, R. Gagloyeva, F. Ahmadaliyev, L. Ibragimova, A. Nur, M. Isanov, Sh. Hakimov, R. Akramov, L. Babayeva, S. Jabbarov kabilar asarlari bor.
Har bir rassom ayol obrazini o‘ziga xos uslub va mualliflik texnikasi orqali talqin qiladi. Tomoshabinlar 100 tadan ortiq turli janr va yo‘nalishlardagi asarlar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Badiiy muloqot va taassurotlar

Ko‘rgazma – bu rassom va tomoshabin o‘rtasidagi badiiy muloqot. Har bir tashrif buyuruvchi ayolning madaniyat, tarix va zamonaviy hayotdagi o‘rni haqida mulohaza yuritishga chorlanadi. Asarlar nafaqat estetik zavq ulashadi, balki ayol timsoliga singdirilgan hissiyot, kayfiyat va ma’nolarning chuqurligini anglash imkonini beradi.
"Ayolga qasida" – bu ayolning ma’naviy kuch-qudrati va latofatini san’at ko‘zgusida his etish uchun noyob imkoniyat.