“Ramazon chodiri”da O‘zbekiston oqshomi bo‘lib o‘tdi

 Blagotvoritelnoe meropriyatie Shater Ramadana na territorii Moskovskoy memorialnoy mecheti.
Oqshom dasturida O‘zbekistonning bugungi taraqqiyoti, madaniyati va turistik salohiyati taqdim etildi.
Sputnik
TOShKENT, 8 mar — Sputnik. 7-mart kuni Moskvadagi “Ramazon chodiri” yillik xayriya tadbiri doirasida “O‘zbekiston oqshomi” mavzusida bayramona iftorlik tashkil etildi.
Unda Rossiya musulmon jamoalari vakillari, siyosiy arboblar va Moskvada yashayotgan o‘zbekistonlik talabalar ishtirok etishdi.
 Blagotvoritelnoe meropriyatie Shater Ramadana na territorii Moskovskoy memorialnoy mecheti.
Blagotvoritelnoe meropriyatie "Shater Ramadana" na territorii Moskovskoy memorialnoy mecheti.
Oqshom dasturida O‘zbekistonning bugungi taraqqiyoti, madaniyati va turistik salohiyati taqdim etildi. Shuningdek Respublikaning Ulug‘ Vatan urushiga qo‘shgan hissasi haqidagi hujjatli filmlar namoyish etildi.
 Blagotvoritelnoe meropriyatie Shater Ramadana na territorii Moskovskoy memorialnoy mecheti.
Blagotvoritelnoe meropriyatie "Shater Ramadana" na territorii Moskovskoy memorialnoy mecheti.
“Ramazon chodiri” – Moskva musulmonlari diniy boshqarmasi va shahar hukumatining madaniy-xayriya loyihasidir.
Tadbir doirasida Moskvadagi Xotira masjidi avtoturargohida ulkan chodir qurilib, u yerda Ramazon oyining har oqshomida bayramona iftorlik tashkil etiladi. Iftorlikdan so‘ng turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar, qiziqarli muloqotlar bo‘lib o‘tadi.
Blagotvoritelnoe meropriyatie "Shater Ramadana" na territorii Moskovskoy memorialnoy mecheti.
Kecha homiylari orasida musulmon davlatlari elchixonalari, Rossiyaning milliy-madaniy uyushmalari va musulmon tashkilotlari bor.
Bu yilgi “Ramazon chodiri” G‘alabaning 80-yilligi sharafiga “Xotira vaqtdan kuchli” shiori ostida o‘tkazilmoqda.