“Bahor vernisaji” – ayol rassomlar ijodiga bag‘ishlangan ko‘rgazmadan yorqin tasvirlar

O‘zbekistonda ayol rassomlar ijodiga bag‘ishlangan badiiy ko‘rgazma ochildi
Sputnik
5 mart kuni Markaziy ko‘rgazmalar zalida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan “Bahor vernisaji” badiiy ko‘rgazmasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, Badiiy ko‘rgazmalar direksiyasi hamda O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi tomonidan tashkil etildi.
Mazkur ko‘rgazma ayol rassomlar tomonidan yaratilgan asarlarni bir joyga jamlagan bo‘lib, ular bahorning nozik tuyg‘ulari, orzu-umidlari va jo‘shqin kechinmalarini o‘zida mujassam etgan. Ushbu ijod namunalari orqali ayol qalbining eng nafis va teran hissiyotlari – muhabbat, sog‘inch, armon va ezgu orzular aks etgan.
1 / 18

"Suv" surati, muallif Viktoriya Troshina

2 / 18

"Bahor vernisaji" Respublika badiiy ko‘rgazmasi

3 / 18

"Bahor turli bo‘ladi" surati, muallif Viktoriya Troshina

4 / 18

"Bahor bulutlari" surati, muallif Viktoriya Troshina

5 / 18

"Triptix. "Bahor akkordlari" surati, muallif Dilafruz Demeyeva

6 / 18

"Italiyaga bag‘ishlov" surati, muallif Shoira Chodiyeva

7 / 18

"Bahor vernisaji" Respublika badiiy ko‘rgazmasi

8 / 18

"Avtoportret" surati, muallif Nigora Abdumajid

9 / 18

"Jimjitlik ovozlari" surati, muallif Alona Milova

10 / 18

"Voobrajarium" surati, muallif Edie Yagli

11 / 18

"Bahor vernisaji" Respublika badiiy ko‘rgazmasi

12 / 18

"Unutilish" surati, muallif E. Vasilyeva

13 / 18

"Diptix. "Kun va tun" surati, muallif Marina Pronina

14 / 18

"Gullagan bodom" surati, muallif Oksana Zalevskaya

15 / 18

"Bahor vernisaji" Respublika badiiy ko‘rgazmasi

16 / 18

"Unutilish" surati, muallif Dono G‘aniyeva

17 / 18

"Bahor vernisaji" Respublika badiiy ko‘rgazmasi

18 / 18

"Bahor vernisaji" Respublika badiiy ko‘rgazmasi

Ko‘rgazma doirasida rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik, mayda plastika hamda nafis chinni buyumlar namoyish etilmoqda. Barcha san’at ixlosmandlari 31-martga qadar ushbu bahoriy san’at bayramidan bahramand bo‘lishlari mumkin.